Keys · Modera Towers · 2023
Tayyor guideline’ni sotadigan lentaga aylantirdik.
Toshkentdagi premium turar-joy majmuasi Modera Towers uchun SMM dizayni, animatsiya va katalog — mijozning mavjud brend guideline’i asosida.

Vazifa
Vazifa nima edi.
Modera Towers — Toshkentdagi premium turar-joy majmuasi. Vazifa: tayyor brend guideline’ni Instagram formatiga ko‘chirish va sotuv takliflari, qurilish jarayoni, qulayliklar hamda aksiyalarni har kuni bitta tanish ko‘rinishda chiqarib borish.
- Sotuv takliflarichegirma, bo‘lib to‘lash, yangi bloklar
- Qurilishsifat, xavfsizlik va jarayon isboti
- Qulayliklarbasseyn, lobbi, dam olish zonalari
- Yuzlar va sanalarekspertlar, bayramlar, voqealar
Yondashuv
Uch yo‘nalishda nima qilindi.
- 01
Shablon tizimi
Guideline ranglari (binafsha va oq), logotip joyi va sarlavha bloki asosida post va stories shablonlari tuzildi: har bir post bir qarashda Modera’ga tegishli ekani bilinadi.
- 02
Kontent rubrikalari
Sotuv, qurilish, qulayliklar, ekspert va bayram rubrikalari — har biri o‘z kompozitsiyasi bilan, lekin bitta tizim ichida.
- 03
Animatsiya va katalog
Reels uchun motion: renderlar, chegirma raqamlari va kechki fasad animatsiyalari. Bosma va raqamli katalog ham shu tizimda.
Asos: Modera Towers brend guideline’i (mijoz tomonidan berilgan). Behance: 192543605, 192543025.
Natija
Natija: lenta bitta tizimda.
~4 mlnlentadagi 30 ta post ko‘rishlari
Barcha postlar bitta shablon tizimida chiqdi. Eng yuqori natijalar reklama bilan qo‘llab-quvvatlangan postlarga to‘g‘ri keladi — shuning uchun mediana alohida ko‘rsatilgan.
Grafik dizayn va animatsiya: Mirjalol Asqarov · Guideline: Modera Towers · Ko‘rishlar organik va reklama bilan · Manba: Instagram lenta skrinshoti, 30 post
- ENG YUQORI849Kreklama bilan targ‘ib qilingan post
- MEDIANA27,1Kbitta postning tipik ko‘rishi
- 100K+7post 100 mingdan oshdi
- FORMAT4post, reels, stories va katalog
Ishdan kadrlar



