← Barcha keyslar

Keys · Xalq Banki · 2023–2025

Bankning brendini bitta tizimga keltirdik.

O‘zbekiston bo‘ylab 200 dan ortiq filialga ega bankni yagona brend tizimiga o‘tkazish: identika, brendbuk va branchbook.

Mijoz
Xalq Banki
Davr
2023–2025
Rol
brend dizayner → team lead
Ish hajmi
Brendbuk, branchbook, identika
Xalq Banki brendbuki: logotip o‘lchamlari jadvali sahifasi

Vazifa

Muammo nimada edi.

Bankda umumiy brend identikasi yo‘q edi. 200 dan ortiq filialda logotipning 3 dan ortiq turi ishlatilar, har bir kanal o‘z ohangida gapirar, tashqi reklamada brend yaxlit ko‘rinmasdi. Brend tizim sifatida emas, alohida qarorlar yig‘indisi sifatida ishlardi.

  • 200+filialda yagona standart yo‘q edi
  • 3+turdagi logotip bir vaqtda ishlatilardi
  • Har xilbrend ovozi: har kanal o‘z ohangida
  • Yaxlitlik yo‘qtashqi reklamada brend bir xil ko‘rinmasdi

Yondashuv · Qaror arxitekturasi

Besh bosqichda nima qilindi.

  1. 01

    Diagnostika

    Filiallar, tashqi reklama va raqamli kanallarda brend qanday qo‘llanayotganini audit qildik: logotipning 3 dan ortiq varianti va kanallar bo‘yicha turli ohang aniqlandi. Maqsad — mijoz bankni qayerda va qanday ko‘rishini xaritaga tushirish.

  2. 02

    Strategiya

    Brendni alohida dizaynlar emas, tizim sifatida qurish tamoyillarini belgiladik: qaysi elementlar o‘zgarmas, qaysilari moslashuvchan. Asos — brend tez tanilishi va har bir aloqa nuqtasida bir xil ko‘rinishi kerakligi.

  3. 03

    Identika

    Logotip tizimi, rang, tipografika va grafik elementlar yagona identikaga keltirildi. Har bir element farqlovchi brend aktivi sifatida tanlandi: mijoz bankni nomini o‘qimasdan ham tanishi uchun.

  4. 04

    Standart

    Brendbuk va branchbook ishlab chiqildi: logotipdan filial makoni va tashqi reklamagacha qo‘llash qoidalari. 200+ filial bir standartda ishlashi uchun qoidalar dizaynerga emas, ijrochiga tushunarli yozildi.

  5. 05

    Ijro va o‘lchash

    Standart filiallar, tashqi reklama va bank sayti UI/UX dizayniga tatbiq qilindi. Natija brend tanilishi ko‘rsatkichi orqali baholandi.

Asos: J. Romaniuk, “Building Distinctive Brand Assets” (2018); B. Sharp, “How Brands Grow” (2010); D. Kahneman, “Thinking, Fast and Slow” (2011).

Natija

Raqam bilan.

200+filial uchun yagona standart

Yagona identika va standart brendga bitta tizim berdi: filial, tashqi reklama va sayt endi bir xil qoidalar asosida ishlaydi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, brend har bir aloqa nuqtasida bir xil ko‘rinsa, u tezroq tanilib, xotirada mustahkamlanadi.

  • LOGOTIP3+ → 1tarqoq variantlar o‘rniga yagona logotip tizimi
  • OVOZ1yagona brend ovozi: barcha kanallar uchun bitta ohang
  • HUJJATLAR2brendbuk va branchbook: ijro uchun aniq qoidalar
  • RAQAMLIUI/UXbank sayti yangi identika asosida

Mirjalolning eng kuchli tomoni — tizimlilik. U har bir qarorni dalil bilan tushuntiradi va ishni hujjat bilan emas, natija bilan yakunlaydi. Brendbuk va branchbook dizayn jamoamiz uchun kundalik ish standartiga aylandi.

Gulnoza BaxshillayevnaIT va kommunikatsiya departamenti direktori, Xalq Banki