Brend strateg · Marketing team lead · Fractional CMO

Odamlar tanlaydigan brendlar quraman.

Markaziy Osiyo bizneslari uchun brend strategiyasi va marketing rahbarligi — mijozingiz qanday qaror qabul qilishidan boshlab, tayyor natijagacha.

30 daqiqa · onlayn yoki uchrashuvda · majburiyatsiz

Mirjalol Asqarov — brend strateg
  • 7+yil brend va marketingda
  • 6soha
  • 3jamoaga rahbarlik
  • 15+brend bilan ishlagan

Kim uchun

Uch holatda men eng ko‘p foyda beraman.

  • 01

    O‘rta biznes egalari va rahbarlari

    Marketingga pul sarflaysiz, lekin natija nega yo‘qligini tushunmaysiz.


    Siz olasiz: aniq pozitsiya va o‘lchanadigan marketing tizimi.

  • 02

    Eksportga chiqayotgan ishlab chiqaruvchilar

    Mahsulot tayyor, lekin xalqaro hamkor tushunadigan brend tili yo‘q.


    Siz olasiz: B2B brendbuk, taqdimot va xabarlar tizimi.

  • 03

    Markaziy Osiyoga kirayotgan xorijiy brendlar

    Mahalliy iste’molchi, til va media bilimi kerak.


    Siz olasiz: lokal pozitsiyalash va ishga tushirish rejasi.

Yondashuv · Qaror arxitekturasi

Natija dizayndan emas, qarordan boshlanadi.

  1. 01

    Diagnostika

    Biznes, auditoriya va raqobatni o‘rganamiz, boshlang‘ich ko‘rsatkichni belgilaymiz.

  2. 02

    Strategiya

    Kim uchun, qaysi ehtiyoj bo‘yicha va qanday farq bilan tanlanishingizni aniqlaymiz.

  3. 03

    Identika

    Strategiyani nom, vizual va so‘zga aylantiramiz.

  4. 04

    Standart

    Brendbuk va shablonlar: jamoa bir xil ishlaydi.

  5. 05

    Ijro va o‘lchash

    Birinchi natijagacha kuzataman, KPI bo‘yicha hisobot beraman.

Usul xulq-atvor iqtisodiyoti (D. Kahneman, R. Thaler) va Ehrenberg-Bass instituti brend o‘sishi tadqiqotlariga tayanadi.

Mijozlar va hamkorlar

Ular nima deydi.

  • Mirjalol avval asl muammoni topdi: bizda mahsulot ham, quvvat ham bor edi, lekin marketing, savdo va hamkorlar har xil gapirardi. U brend platformasi va B2B brendbukni yaratib, marketingni tizimga soldi, jamoani bitta reja atrofida boshqardi va sotuv jamoamizni o‘qitdi. Bugun savdo, marketing va hamkorlarimiz bir xil xabar va bir xil standart bilan ishlaydi.

    Mavlon AlimovCEO, Yong Xin Ceramics
  • Mirjalolning eng kuchli tomoni — tizimlilik. U har bir qarorni dalil bilan tushuntiradi va ishni hujjat bilan emas, natija bilan yakunlaydi. Brendbuk va branchbook dizayn jamoamiz uchun kundalik ish standartiga aylandi.

    Gulnoza BaxshillayevnaIT va kommunikatsiya departamenti direktori, Xalq Banki
  • Mirjalol premium xaridor qanday o‘ylashini chuqur tushunadi. Brendbukdagi har bir vizual qaror — rangdan fotografiyagacha — auditoriyamizning qadriyatlari va kutishlaridan kelib chiqdi. Brend biz murojaat qilayotgan odamlar tilida gapira boshladi.

    AbbosLoyiha rahbari, IZ Marketing — Senfoni

Formatlar

Uch format. Qaysi biri mosligini diagnostikada aniqlaymiz.

  • Brend tahlili

    Kim uchun: brendi bor, lekin joriy brendi foyda olib kelmayotgan kompaniyalar.

    • Identika va kommunikatsiya auditi
    • Auditoriya va raqobat tahlili
    • Ustuvor harakatlar ro‘yxati

    Muddat: 2–3 hafta · Natija: audit hisoboti va ustuvor harakatlar

  • Fractional CMO

    Kim uchun: tez o‘sayotgan, marketingni tizimga solishi kerak, lekin to‘liq stavkali direktor yollashga hali tayyor bo‘lmagan kompaniyalar.

    • Marketing strategiyasi va budjet
    • Jamoa va pudratchilarni boshqarish
    • Oylik KPI hisoboti

    Muddat: kamida 3 oy · Natija: ishlaydigan marketing tizimi

Narx vazifa hajmiga bog‘liq, shuning uchun uni loyihangizni tushungach aytaman. Brifda taxminiy budjetingizni belgilang — bepul diagnostikadan so‘ng narx, muddat va natijalar aniq yozilgan taklif yuboraman.

Mirjalol Asqarov portreti, oq-qora

Haqida

Avval inson organizmini, keyin e’tiborini, endi qarorini o‘rganaman.

Tibbiyot akademiyasi → matbuot xizmati → dizayn → brend strategiyasi. Har bosqich bitta savolga olib keldi: odam nega aynan shu tanlovni qiladi?

  • Halollik
  • Inson markazida
  • Tizimlilik
  • Ijroga yetkazish
  • O‘lchash

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar.

Xizmatlar qancha turadi?

Narx vazifa hajmiga bog‘liq. Brifda taxminiy budjetingizni belgilang — bepul diagnostikadan so‘ng narx, muddat va natijalar aniq yozilgan taklif yuboraman.

Bepul diagnostikada nima bo‘ladi?

30 daqiqada brendingizdagi asosiy muammoni aniqlaymiz va keyingi qadamni belgilaymiz. Majburiyat yo‘q.

Ijroni ham qilasizmi yoki faqat strategiyami?

Strategiyadan boshlayman va birinchi natijagacha ijroni boshqaraman: dizayn, kontent va video jamoalari bilan.

Natijani kafolatlaysizmi?

Yo‘q. Prognozni diapazonda beraman va har oy KPI bo‘yicha hisobot qilaman.

Qancha vaqt oladi?

Audit 2–3 hafta, brend platformasi 4–6 hafta, fractional CMO kamida 3 oy. Aniq muddat diagnostikada belgilanadi.

Diagnostika

Brendingiz bo‘yicha 30 daqiqalik diagnostika.

  • Asosiy muammo va uning sababi
  • 3 ta ustuvor qadam
  • Qaysi format mosligi yoki umuman kerak emasligi

Yoki Telegram’da yozing: @asqarov_cmo

* — majburiy maydonlar. Ma’lumotlar faqat aloqa uchun ishlatiladi. Javob muddati: 1 ish kuni

Hali qo‘ng‘iroqqa tayyor emasmisiz?

Brendingizni 15 daqiqada o‘zingiz tekshiring.

10 savollik tekshiruv pozitsiya, vizual izchillik va mijoz tajribasidagi zaif joylarni ko‘rsatadi. PDF Telegram kanalimizga (@asqarovcmo) obuna bo‘lganda yuboriladi.

Telegram orqali olish